Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi

Sport

−

image

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxing News” xabar berdi. 

Fojia joriy yilning 4 noyabr kuni Brisben yaqinida “Skydive Ramblers Toogoolawah” paraşyut markazida sodir bölgan. Sportçi sakraş vaqtida oğir jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Frederiksenning paraşyuti oçilib, töğri işlagan. Biroq qöniş vaqtida sportçi yerga yaqin hududdagi beqaror havo oqimlariga duç kelgan va qattiq yiqilib tuşgan.

Hodisa oqibatida Joş kökrak qafasi, çanoq va qorin sohasidan jiddiy jarohatlar olgan. U vertolyotda Qirollik Brisben şifoxonasiga olib borilgan, ammo şifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Boksçi öşa keça vafot etgan. Frederiksen tajribali paraşyutçi bölib, fojiaga qadar 100 dan ortiq muvaffaqiyatli sakraşni amalga oşirgan edi.

Ma’lumot uçun, avstraliyalik boksçi professional faoliyati davomida 20 ta jang ötkazgan. Ularning 13 tasida ğalaba qozongan, beştasida mağlub bölgan va ikki marta durang qayd etgan. U yarim oğir vazn toifasida Avstraliya çempioni bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing