AQŞda avtomobil 30 velosportçini urib yubordi. Qurbonlar bor

Sport

−

image

AQŞning Şimoliy Karolina ştatida avtomobil 30 nafar velosportçidan iborat guruhni urib yubordi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Baxtsiz hodisa Roli şahri yaqinidagi Optimist farm yölida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Infiniti avtomobilini 76 yoşli Donald Robert Morris-Jons boşqargan. U yölning markaziy çiziğini kesib ötib, velosportçilar harakatlanayotgan qarama-qarşi yölakka çiqib ketgan. Guruh bilan töqnaşuvdan keyin ham haydovçi avtomobilni töxtata olmagan. Taxminan 800 metr yurgaç, maşina yöldan çiqib, ariqqa tuşib ketgan.

Hodisa oqibatida 63 yoşli velosportçi hayot uçun xavfli jarohatlar olgan va vafot etgan. Yana 22 kişi turli darajada tan jarohati olgan. Haydovçi hibsga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kanzas ştatidagi Viçita şahrida futbol uçraşuvi vaqtida yuk maşinasi maydonga kirib ketişi oqibatida ikki kişi, jumladan, olti yoşli bola vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing