Avstraliyalik erkak 1 mln dollarlik baliq tutib oldi

Olam

−

image

Avstraliyaning Darvin şahrida yaşovçi 26 yoşli Metyu Moris ukasi bilan tunda baliq ovlaşga çiqib, 1 million dollarlik yutuq sifatida dengizga qöyib yuborilgan baliqni tutdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Moris joriy yilning 5 noyabr kuni futbol maşğulotidan söng xorijdan mehmonga kelgan ukasi bilan qayiqda baliq ovlaşga qaror qilgan. Ular uzoqqa bormasdan, qayiq tuşiriladigan joydan bir kilometrga ham yetmaydigan masofada töxtagan.

Morisning aytişiça, aka-uka baliq tutişdan köra birga vaqt ötkaziş va suhbatlaşişni istagan. Biroq öşa keçada u 80 santimetr uzunlikdagi barramundi baliğini tutgan. Baliq suvdan sakrab çiqqanida uning tanasiga biriktirilgan qizil belgini körgan. Bu belgi Avstraliyaning Şimoliy hududida ötkazilayotgan “Million Dollar Fish” musobaqasidagi boş sovrin egasini anglatgan.

Musobaqa doirasida 1 oktyabrdan boşlab suv havzalariga sovrin jamğarmasi 10 ming dollardan bölgan 100 ta maxsus belgilangan baliq va bitta 1 million dollarlik boş sovrinli baliq qöyib yuborilgan. Moris tutgan baliqni topşirganidan keyingina undagi qizil belgi aynan million dollarlik sovringa tegişli ekanini bilgan.

Şimoliy hudud Boş vaziri Lia Finnokyaro unga xuşxabarni yetkazgan. Şundan söng, Moris onasi va ukasiga qönğiroq qilib, yutuği haqida aytgan.

Uning sözlariga köra, yutuq puliga uy sotib oliş, qarzlarini tölaş va öziga ham ozgina sovğa olişni rejalaştirgan. Moris bu pulni oqilona sarflaş niyatida ekanini bildirgan.

Qayd etilişiça, u musobaqaning 12 yillik tarixida 1 million dollarlik boş sovrinni qölga kiritgan ikkinçi iştirokçi böldi. Bundan uç yil avval Ketrin şahrida yaşovçi Kigan Peyn ham şunday baliqni tutib, million dollarlik mukofotga ega çiqqan.

Ma’lumot uçun, uşbu musobaqa Şimoliy hududning turizm va tadbirlar taşkiloti homiyligida ötkaziladi. Tanlov 2027 yilning 31 martigaça davom etadi. Hozirça 10 ming dollarlik sovrinli baliqlarning 96 tasi tutilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing