Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i vafotidan keyingi ilk fotosurati e’lon qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bukingem saroyi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda, Edinburg gersogi Filipp bilan vidolashuv marosimidan keyingi birinchi fotosuratini e’lon qildi.  

Rasmda qirolichaning moviy libos kiyib, jilmayib turganini ko‘rish mumkin. 

Fotosurat kecha, 27 aprel kuni ertalab, qirolicha virtual formatda Latviya hamda Kot-d’Ivuarning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olayotganida tushirilgan. 

Yelizaveta II Londondagi Vindzor qasridan turib, Bukingem saroyiga kelgan elchilar bilan videoaloqa tarzida suhbatlashgan. 

Bu Yelizaveta II erining vafotidan keyin ishtirok etgan birinchi rasmiy tadbir emas. 

U turmush o‘rtog‘i vafotidan to‘rt kun o‘tib, 13 apreldan o‘z vazifalarini bajarishga kirishgan. Xuddi shu kuni u qirollik saroyida lord-kamerger lavozimida ishlagan Uilyam Pilni iste’foga chiqargan va uning o‘rnini egallagan yangi amaldor, bir vaqtlar Britaniya kontrrazvedkasi MI-5 xizmatiga rahbarlik qilgan Endryu Parkerga spiketrni topshirgan. 

Qirollik oilasining ikki haftalik motami 23 aprelda yakunlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp 17 aprel kuni Vindzor qal’asidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida dafn etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

surat qirolicha Elizaveta

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing