YeK Ozarbayjon va Armanistonni jangavor harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston qurolli kuchlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv xavotirga sabab bo‘lmoqda, tomonlar zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishi kerak. Bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgan. 

"Harbiy harakatlar yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zudlik bilan tugatilishi kerak. Oldindan shartlarsiz muzokaralarga zudlik bilan qaytish – bu yagona yo‘l", deb yozgan u. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari bugun, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provakatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi

Mazkur holatga nisbatan allaqachon Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari munosabat bildirdi. Turkiya Respublikasi Prezidenti esa hodisada arman tarafi va bu voqealarga 30 yildan buyon ko‘z yumib kelayotgan Minsk uchligini aybladi


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Kengashi Ozarbayjon-Armaniston Sharl' Mishel' Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing