Sharl Mishel ishdan ketish bilan bog‘liq qarorini o‘zgartirdi

Olam

image

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel 2024 yilning iyun oyida Yevropa parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovlardan o‘z nomzodini qaytarib oldi. Siyosatchi o‘z qarorini kecha, 26 yanvar kuni Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Mening tanlovim ommaviy axborot vositalarida katta e’tibor va taxminlarga sabab bo‘ldi. Yondashuvimning misli ko‘rilmagan tabiatini hisobga olgan holda, men nimanidir oldindan ko‘rardim. Lekin bu ham kuchli reaksiyaga sabab bo‘ldi – Yevropa Kengashi doirasida emas, balki undan tashqarida”, deb yozgan Mishel Yevroparlamentga o‘z nomzodini qo‘yish haqidagi avvalgi qaroriga izoh berarkan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Kengashi rahbari lavozimida qolish qaroriga aynan uning muddatidan oldin iste’foga chiqishi ehtimoli sabab bo‘lgan keskin munosabat tufayli kelgan va u o‘zining ketishidan Yevropa kengashini parchalash uchun foydalanishlariga yo‘l qo‘ymoqchi emasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Sharl Mishel 2019 yilda Yevropa Kengashi raisi lavozimida polshalik siyosatchi Donald Tusk o‘rniga kelgan. Yevropa Kengashi rahbari lavozimining o‘zi Lissabon shartnomasiga muvofiq, taxminan 15 yil avval tashkil etilgan. Mishelning Yevropa kengashi prezidenti sifatidagi vakolati 2024 yilning noyabrida tugaydi.

7 yanvar kuni Sharl Mishel OAVga bergan intervyusida yozgi Yevropa saylovlarida Belgiya liberallari vakili sifatida ishtirok etish niyatida ekanini aytgan. Agar Mishel saylansa, u Yevropa Kengashi rahbari lavozimini va Yevropa parlamentariysi o‘rnini birlashtira olmaydi. Bunday mojaroga yo‘l qo‘ymaslik uchun YeIga a’zo davlatlar rahbarlari Mishel o‘rniga voris nomzodini oldindan kelishib olishlari kerak edi.

Bu Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban uchun vaqtinchalik YeI Kengashiga raislik qilish imkoniyatini ochardi, chunki Vengriya 2024 yilning iyulidan dekabrigacha YeI kengashiga raislik qilishi kerak. Ta’kidlash joizki, Orban ko‘pincha Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga qarshi chiqadi. Xususan, dekabr oyida Vengriya Ukrainaga 2027 yilgacha 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratishni bloklab, ushbu qarorga veto qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Kengashi Sharl' Mishel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing