Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

YeK raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, bugun, 2 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan  mazkur sammit ishida qatnashish uchun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Qisqa suhbatdan so‘ng Antoniu Koshta tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketgan.

Mirziyoyev Samarqand sammitidan nimalar kutayotganini aytdi north_east

Mirziyoyev Samarqand sammitidan nimalar kutayotganini aytdi

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk sammit 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qiladi va unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit davomida Yevroittifoq o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha sodiqligini tasdiqlashi kutilmoqda. Bular qatoriga transport va raqamli aloqa, muhim xomashyo resurslari, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi sheriklik hamda energetik o‘tish jarayoni kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sammit munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq esa mazkur sammit o‘tkazilishi munosabati bilan shahardagi ayrim oliy ta’lim muassasalariga 1-5 aprel kunlari qisqa muddatli o‘quv ta’tili berilishi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

sammit Evropa Kengashi Antoniu Koshta Markaziy Osiyo - Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing