YeIning 10 ta davlati Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashni talab qilmoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqining o‘nta davlati imkon qadar tezroq Rossiyadan barcha gaz importini to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda hujjat nusxasi bilan tanishgan "Reuters" agentligi xabar berdi.

Mamlakatlar har qanday rus gazini – quvur orqali ham, suyultirilgan holda ham import qilishni taqiqlashni taklif qilmoqda. To‘liq taqiqqa muqobil sifatida 2022 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan RePowerEU strategiyasiga muvofiq importni bosqichma-bosqich qisqartirish taklif etiladi. Unda Yevropa Ittifoqi 2027 yilgacha Rossiya gazidan butunlay voz kechish, boshqa yetkazib beruvchilarga o‘tish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishni nazarda tutadi. Biroq hujjat mualliflari bu jarayonni imkon qadar tezlashtirishni talab qilmoqda.

Hujjatni Litva, Latviya, Estoniya, Daniya, Chexiya, Polmsha, Ruminiya, Shvetsiya, Irlandiya va Finlyandiya imzoladi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaga qarshi navbatdagi, 16-iqtisodiy sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. U fevral oyi oxirida – Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqini boshlanganining uch yilligida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Yevropa Ittifoqi Rossiya gazini dengiz orqali yetkazib berishni allaqachon taqiqlab qo‘ygan, biroq ba’zi Yevropa davlatlari, xususan, Slovakiya va Vengriya unga bog‘liq bo‘lgani uchun quvur gazidan butunlay voz kecha olmadi. Ularning rasmiylari Yevropa Ittifoqining sanksiyalar siyosatini bir necha bor tanqid qilib, Kreml bilan yaqinlashishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing