YeIda yangi rahbariyat borasida kelishmovchilik bo‘lmoqda

Olam

image
“Dunyoning eng qudratli ayoli” deb ataluvchi Ursula fon der Lyayen haqida nimalar ma’lum? north_east

“Dunyoning eng qudratli ayoli” deb ataluvchi Ursula fon der Lyayen haqida nimalar ma’lum?

Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti ishtirokchilari YeIning yangi rahbariyatini tayinlash bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ma’lum qildi.

DPA agentligining diplomatlar o‘rtasidagi manbalariga ko‘ra, kelishmovchilik sabablaridan biri Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi va Xristian-Ijtimoiy Ittifoqini o‘z ichiga olgan o‘ng markazchi Yevropa Xalq partiyasi vakillari Yevropa kengashi prezidenti lavozimiga tayinlash bevosita besh yil muddatga belgilanmasligini talab qilishi bilan bog‘liq. Bu Yevropa Xalq partiyasi ikki yarim yil ichida ushbu lavozimga da’vo qilishi mumkinligini anglatadi. Biroq sotsial-demokratlar bu taklifga qo‘shilmagan. 

Yevropa Xalq partiyasi joriy yilning iyun oyi boshida bo‘lib o‘tgan Yevropa parlamenti saylovlarida eng kuchli siyosiy kuchga aylandi. Shuning uchun uning yetakchi nomzodi Ursula fon der Lyayen yana besh yil davomida YeI komissiyasi raisi lavozimida qolishi mumkin. 

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili lavozimiga Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas, YePdagi ikkinchi yirik fraksiya, ya’ni Sotsial-demokratlar partiyasi vakili, Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Koshtaning nomzodi esa Yevropa Kengashi raisi lavozimiga ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi kelasi hafta oxirida bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqining eng yuqori lavozimlariga nomzodlar yana muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing