YeI O‘zbekiston va Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilariga qochqinlar uchun pul taklif qilmoqchi

Olam

image
Tojikiston afg‘on qochqinlarining katta oqimini qabul qilolmaydi. Dushanbe nimadan norozi? north_east

Tojikiston afg‘on qochqinlarining katta oqimini qabul qilolmaydi. Dushanbe nimadan norozi?

Yevropa hukumati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarga taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Bryusseldagi rasmiylarga asoslanib, “Financial Times” nashri xabar bergan.  

Taklifga ko‘ra, qo‘shni davlatlar Afg‘onistondan qochib kelgan muhojirlarga boshpana bersa, evaziga Yevropa hukumati ularga 600 million yevrolik moliyaviy yordam beradi. 

Ko‘plab Yevropa davlatlari Afg‘onistonda toliblar hokimiyat tepasiga kelishi Yevropada inqiroz yuz berishiga olib kelishi mumkin, degan xavotirda. Ular 2015 yilda yuz minglab suriyalik qochqinlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirib kelganini eslagan. O‘shanda Yevropa Ittifoqi noqonuniy muhojirlarni ushlab turish va ularni Yevropaga kiritmaslik uchun Turkiyaga to‘lov taklif qilgan. 

Endi esa Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston va hatto,
xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan Eronga ham moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor. 

“Hozir eng muhimi, mintaqaga to‘g‘ri signal yuborish: o‘sha yerda qoling va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqani qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston qochqin

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing