Tojikiston afg‘on qochqinlarining katta oqimini qabul qilolmaydi. Dushanbe nimadan norozi?
Olam
−
02 Sentabr 2021
8087So‘nggi 20 yilda hech bir xalqaro tashkilot Tojikistonga Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qilish uchun infratuzilmani shakllantirishga yordam bermagan. Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda kecha, 1 sentyabr kuni BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi (UNHCR) vakili Mulugeta Zevdi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Muloqot chog‘ida ehtimoliy afg‘on qochqinlarini Tojikiston hududiga joylashtirish masalasi muhokama qilingan.
Ramazon Rahimzodaning aytishicha, faqat oxirgi 15 yil ichida Tojikiston Afg‘onistondan 15 mingdan ortiq qochqinni qabul qilgan va “Tolibon” Qobulda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, 5 mingga yaqin afg‘on harbiylari tojik-afg‘on davlat chegarasini kesib o‘tgan. Biroq, afg‘on askarlari va ofitserlari Tojikiston hududida bir hafta bo‘lgach, vataniga qaytarilgan.
Tojikiston IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kund tojik-afg‘on chegarasida Tojikistonga o‘tmoqchi bo‘lgan 80 ga yaqin oila to‘plangan.
“Tolibon” kelganidan beri Afg‘onistonda yuzaga kelgan beqarorlik terrorchilar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va giyohvand moddalarning Tojikistonga kirib kelish ehtimolini oshiradi”, degan Rahimzoda.
Shu bilan birga, vazir Tojikiston afg‘on qochqinlarini qabul qilish va joylashtirish uchun Jayhun, Shahritsun, Farxor, Shoxin va Tog‘li Badaxshon aftonom viloyatidan 70 gektar yer ajratganini qo‘shimcha qilgan.
Rahimzodaning ta’kidlashicha, xalqaro tashkilotlar Tojikiston hukumatining bu yerlarda infratuzilma yaratish haqidagi so‘rovlariga javob bermayapti.
Vazirning ta’kidlashicha, o‘tgan 20 yil mobaynida hech bir xalqaro tashkilot Tojikistonga Afg‘onistondan potensial qochqinlarni qabul qilish uchun infratuzilma yaratishda yordam bermagan.
“Shu sababdan Tojikiston bugungi kunda afg‘on qochqinlarining katta oqimini qabul qila olmaydi”, degan IIV rahbari.
U BMTning qochqinlar boshqarmasiga zudlik bilan Tojikistonga Xatlon viloyati Jayhun tumani hududida joylashgan qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish markazini ta’mirlashda yordam berishni taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.
Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.
Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.
Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur
LiveBarchasi