Rossiyada özbekistonliklar qoçqin maqomini söraganlar orasida yetakçilardan böldi
Olam
−
18:51 671 1 daqiqa
2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida 43 nafar Özbekiston fuqarosi Rossiyaga qoçqin deb tan oliş töğrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining statistik ma’lumotlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 193 nafar xorijlik Rossiyaga qoçqin deb tan oliş töğrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan. Eng köp bunday murojaatlar Ukraina fuqarolaridan kelib tuşgan – 52 ta, yana 43 tasi Özbekistondan, 21 tasi Tojikistondan. Şuningdek, Belarus, Suriya va Qozoğiston fuqarolari ham Rossiyada ularni qoçqin deb tan olişni eng köp söraganlar sirasiga kiradi.
Bundan taşqari, Rossiyada Italiyaning bir nafar, Latviyaning bir nafar, Moldovaning beş nafar, şuningdek, Şvetsiya va Serbiyaning yana bir nafardan fuqarolari qoçqin deb tan olişni sörab murojaat qilgan.
2022 yildan 2026 yilning sentyabrigaça jami 1 254 nafar xorijlik fuqaro Rossiyada özlarini qoçqin deb tan olişni söragan. Bunda eng köp Afğonistondan – 332 kişi, şuningdek, Suriyadan – 301, Ukrainadan – 158 va Özbekistondan – 69 kişi bölgan. Şuningdek, uşbu yillar davomida Latviyaning 14 nafar, Germaniyaning 10 nafar, Polşaning beş nafar, AQŞning ikki nafar va Fransiyaning yana ikki nafar fuqarosi iltimosnoma bilan murojaat qilgan.
Live
Barchasi