YeI Rossiyani siquvga olishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradigan Yevropa Ittifoqi ichida va tashqarisida bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun keng vakolatlar beruvchi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqdi. O‘tgan haftada qabul qilingan ushbu paket “jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotlar va kompaniyalar”ni qora ro‘yxatga kiritish imkonini beradi. Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Agentlik ta’kidlaganidek, sanksiyalar mexanizmiga ham jismoniy shaxslarni, ham butun kompaniyalarni, hattoki YeI yurisdiksiyasidan tashqarida ham jazolash imkonini beruvchi ekstraterritorial jihatning kiritilishi Yevropa Ittifoqi siyosatida katta o‘zgarishlardan dalolat beradi. Bundan buyon jarimalar, masalan, taqiqlangan Rossiya tovarlarini uchinchi davlat orqali Yevropa Ittifoqiga olib kirgan, haqiqiy ishlab chiqaruvchi mamlakatni yashirgan yoki Rossiyaga taqiqlangan tovarlarni eksport qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. 

Xabarga ko‘ra, yangi sanksiyalar mexanizmi boshqalarga cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritdi. Ro‘yxatda 30 nafar rossiyalik jismoniy va 7 ta yuridik shaxslar, jumladan, xonandalar Yuliya Chicherina, Nikolay Rastorguyev va Oleg Gazmanov ham bor.

Paket doirasida Rossiya neftiga ham narx chegarasi joriy etildi. Shuningdek, yangi sanksiyalar Rossiya po‘lat va mudofaa sanoatiga cheklovlar, Yevropa Ittifoqi fuqarolariga Rossiya davlat kompaniyalari direktorlar kengashida lavozim egallashni taqiqlash, “Prezident [Vladimir] Putinga harbiy harakatlarda yordam berganlarga qarshi yangi shaxsiy sanksiyalarni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

492

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing