YeI Rossiyaga qo‘shimcha sanksiyalar kiritishga tayyor – Yevrokomissiya vakili

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar samara bermoqda, biroq tashkilot yangilarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya (YeK) vakili Daniel Ferri RTVI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Aytishim mumkinki, Yevropa Ittifoqi yangi sanksiyalarni zarurat tug‘ilganda qabul qilishga tayyor. Aslida, Yevropa Ittifoqi ushbu 11 ta sanksiya paketini juda tez ma’qulladi. Qachonki biz bo‘shliqlar haqida bilib qolsak, darhol bu bo‘shliqlarni yopamiz. Yevropa Ittifoqi qo‘shimcha sanksiyalarni qabul qilishga tayyor va buni juda tez amalga oshirishi mumkin”, deydi u. 

YeI vakili ta’kidlaganidek, Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi Rossiyadan kelgan 1800 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Ferrining so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.  

Shuningdek, u BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning “Rosselxozbank” sho‘ba korxonasini SWIFT to‘lov tizimiga ulash bo‘yicha g‘arb ommaviy axborot vositalarida avvalroq xabar qilinganidek, don bitimini qayta tiklash bo‘yicha taklifini amalga oshirish qanchalik real ekani haqidagi savolga javob bergan Ferri Yevropa Ittifoqining BMT bilan olib borayotgan aloqalari haqida izoh bera olmasligini aytdi. 

“Ammo, umuman olganda, shuni aytamanki, YeI BMT orqali Rossiyaga bu sohada barqaror, konstruktiv yechim topishga ochiqligi haqida signal yubordi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Evropa komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing