YeI Pxenyanni Ukrainaga qarshi urushda qatnashishdan ogohlantirdi
Olam
−
25 Oktabr
5789Yevropa Ittifoqi KXDR Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan bosqinchilik urushida qatnashish uchun harbiy xizmatchilarni yuborayotgani haqidagi xabarlarning ko‘payishidan chuqur xavotirdaligini bildirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel kecha, 24 oktyabr kuni bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday ma’lumotlar tasdiqlansa, bu KXDR tomonidan Yevropa va global tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan bir tomonlama dushmanlik harakati sifatida qabul qilinadi.
“Shimoliy Koreyaning urushdagi ishtiroki xalqaro huquqni, jumladan, BMT Nizomining eng fundamental tamoyillarini jiddiy buzish bo‘ladi”, deb ta’kidlaydi Borrel.
Bundan tashqari, YeI Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning chuqurlashishini, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining ko‘plab rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzayotgan qurol-yarog‘ yetkazib berishni keskin qoralagan.
Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyani Rossiyaning noqonuniy harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirgan. Shuningdek, o‘z harakatlarini, jumladan, javob choralarini xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlashtirishini ko‘rsatgan.
“Shimoliy Koreya Rossiyaga Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishida yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘payishi Rossiya mintaqada va butun dunyoda qanday qilib beqarorlik va keskinlikni keltirib chiqarayotganini ko‘rsatadi”, degan Borrel.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda Shimoliy Koreya qo‘shinlari borligi haqidagi xabarlarga ilk bor izoh berib, KXDR askarlarini aks ettiradigan sun’iy yo‘ldosh suratlari haqidagi savolga javob berib, ularni “jiddiy narsa” deb atagandi. U, shuningdek, NATO harbiylari allaqachon to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukraina mojarosida ishtirok etayotganini ta’kidlagandi. Undan oldin, Rossiyaning Seuldagi elchisi Shimoliy Koreya askarlarining Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi. Janubiy Koreya diplomatik departamenti rahbarining o‘rinbosari Kim Xong Kyun Rossiyaning Seuldagi elchisi Georgiy Zinovevga yaqinda Shimoliy Koreya askarlarining Rossiyaga jo‘natilganidan chuqur xavotirda ekanligi va Shimoliy Koreya harbiylarini Rossiyadan zudlik bilan olib chiqib ketilishini talab qilgangandi.
LiveBarchasi