YeI Maduroni Venesuela Prezidenti sifatida tan olmadi
Olam
−
05 avgust
3318Joriy yilning 29 iyul kuni Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovида amaldagi Prezident Nikolas Maduro g‘olib deb e’lon qilindi, biroq saylov idoralari bu da’voni tasdiqlash uchun batafsil natijalarni oshkor eta olmadi. Shu sababdan Yevropa Ittifoqi Maduroning Venesuela Prezidenti etib qayta saylanishini tan olmasligini bildirdi. Bu haqda kecha, 4 avgust kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bayonot berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro kuzatuvchilar Venesuelada ovoz berishni tashkil etishning xalqaro standartlarga mos kelmasligi ko‘rsatilgan va Venesuela saylov komissiyasi hali ham saylov uchastkalaridan Nikolas Maduroning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlovchi protokollarni e’lon qilmagan. Shu bilan birga, komissiya allaqachon mamlakat rahbarini qayta saylangan rahbar deb e’lon qilgan.
“Muxolifat tomonidan e’lon qilingan va bir nechta mustaqil tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilgan saylovga ovoz berish protokollarining nusxalari Edmundo Gonsales prezidentlik saylovlarida katta ovoz bilan g‘olib bo‘lganini ko‘rsatadi”, deyiladi Borrel bayonotida.
Yevropa Ittifoqi xalqaro miqyosda tan olingan organ tomonidan saylov protokollarini mustaqil ravishda qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi va hech bo‘lmaganda saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini isbotlashni talab qilmoqda.
“Bryussel Maduroning qonuniyligini tan olmaydi, uning ikkinchi muddati – mamlakatda avvalgi saylovlar shunga o‘xshash ssenariy bo‘yicha bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Maduro rejimi muxolifatni ta’qib qila boshladi va mamlakatda uzoq davom etgan siyosiy inqiroz boshlandi”, deydi Borrel.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Gonsalesni saylovda g‘olib deb tan olganini rasman e’lon qilgandi. Shuningdek, Blinken Venesueladagi siyosiy kuchlar prezidentlik vakolatlarini muxolifat yetakchilaridan biri Edmundo Gonsalesga topshirish masalasini muhokama qilishni boshlash vaqti kelganini bildirgan. Bunga javoban Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSHni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi