YeI katta miqdordagi Rossiya pulini Ukrainaga berdi 

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) 2025 yilning dastlabki 7 oyi davomida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan Ukrainaga 10,1 milliard yevro o‘tkazdi. Bu haqda Yevrokomissiya ma’lumotlariga tayanib, “Welt am Sonntag” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yanvarda Kiyev 3 milliard yevro, aprelda 3,1 milliard yevro, mart, may, iyun va iyul oylarida esa har safar 1 milliard yevrodan olgan. Bryussel bu mablag‘larni Ukrainadagi “harbiy va fuqarolik loyihalarini” qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirmoqda.

Shu bilan birga, ayrim siyosatchilar Ukrainaga nafaqat daromadlar, balki Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining o‘zini ham foydalanish uchun berishni taklif qilmoqda. Biroq iqtisodchilar bunday qaror moliyaviy tizim uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Rossiya davlat aktivlarining qariyb 280 milliard dollarlik qismi YeI, G7 mamlakatlari va Avstraliya tomonidan Rossiyaning harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan edi. 2024 yilning may oyida Yevropa Ittifoqi ushbu aktivlardan tushadigan daromadlarni Ukrainaga yordam uchun ishlatishga ruxsat berdi. O‘tgan yili Ukraina 3 milliard yevro olgan edi.

Bundan tashqari, 2025 yilning 11 avgust kuni YeI Ukrainaga muzlatilgan aktivlar daromadidan 1,6 milliard yevro miqdorida uchinchi yordamni ajratdi. 22 avgustda esa Kiyevga yordam sifatida yana 4 milliard yevro yo‘naltirildi, shundan 1 milliard yevro Rossiya aktivlaridan tushgan foydadan ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiv urushi munosabati bilan 18-sanksiyalar paketiga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing