YeI Qrim anneksiya qilingani uchun Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Qrim va Sevastopolni anneksiya qilishi ortidan joriy qilgan sanksiyalarini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

2014 yilda ilk bor joriy qilingan sanksiyalar Qrim va Sevastopolda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash, shuningdek, ushbu hududlarda infratuzilma va moliyaviy investitsiyalar hamda turizm xizmatlarini rad etishni o‘z ichiga oladi.

“Qrim” sanksiyalar paketi, jumladan, tovarlarni olib kirish va eksport qilishni cheklash, Yevropa kompaniyalari kruiz laynerlarining Qrim portlariga kirishini taqiqlash va yarim orolda boshqa turistik xizmatlarni ko‘rsatishni, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib berish, neft va gaz qazib olish sanoatiga investitsiyalar kiritish va faoliyat yuritishga taqiqni nazarda tutadi.

Yevropa Ittifoqi Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishini haligacha tan olmasligini va buni xalqaro huquqning buzilishi sifatida qoralashini bildirgan.

Yevropa Ittifoqi kengashi sanksiyalarning 2023-yil 23-iyuniga qadar amalda bo‘lishini ma’lum qildi.

Rossiya 2014-yil martida Qrim avtonom respublikasi va Sevastopol shahrini anneksiya qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi sanktsiya

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing