YeI Gruziyaning a’zolik arizasini muzlatib qo‘yadi – FT

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish bo‘yicha a’zolik arizasini muzlatib qo‘yadi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

"Biz bu qonun provokatsiya ekanini aniq aytdik", deydi gazeta suhbatlashgan Yevropa rasmiylaridan biri.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel va Yevropa Ittifoqining kengayish bo‘yicha Yevropa komissari Oliver Varxeli qo‘shma bayonotida Gruziyaning “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunining mazmuni Yevropa Ittifoqi normalari va qadriyatlariga mos kelmasligini bildirgan.

Ularning fikricha, uning kuchga kirishi mustaqil matbuot va fuqarolik jamiyati faoliyatiga putur yetkazadi.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga veto qo‘yishi kerakligini aytdi.

“Agar qonun kuchga kirsa, Qo‘shma Shtatlar Gruziya bilan ikki tomonlama munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi”, deydi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili veto qo‘yishini aytdi. Shu bilan birga, agar deputatlarning ko‘pchiligi Prezident qaroriga qarshi ovoz bersa, parlament uni chetlab o‘tishi mumkin. Qonun loyihasi tashabbuskori bo‘lgan “Gruziya orzusi” partiyasi parlamentdagi 150 o‘rindan 84 tasiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing