YeI davlatlari rossiyaliklar uchun viza berishni butunlay to‘xtatdimi?
Olam
−
18 avgust 2022
4265Rossiyaliklarga vizalar berishda allaqachon cheklovlar joriy etgan Yevropa Ittifoqi davlatlari vizalar berishni butunlay to‘xtatmoqchi emas, ular gumanitar sabablarga ko‘ra berilishida davom etmoqda. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Yevrokomissiya vakili Anita Xipper ma’lum qildi.
“Yevroittifoq davlatlari viza berish tizimini to‘liq to‘xtatgani yo‘q, vizalar gumanitar sabablarga ko‘ra berilishi davom etmoqda”, degan u.
Qayd etilishicha, YeI Tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 30-31 avgust kunlari Pragada bo‘lib o‘tadigan norasmiy uchrashuvda Rossiya fuqarolari uchun mumkin bo‘lgan viza cheklovlarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbni barcha ruslar uchun chegaralarni butunlay yopishga chaqirgan edi.
Buning ortidan joriy yilning 11 avgust kuni, Estoniya hukumati Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlagan edi.
Shuningdek, Chexiya, Latviya va Litva ham rossiyaliklarga viza berishni chekladi. Daniya va Niderlandiya esa qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatgan. Germaniya Rossiya fuqarolari uchun viza taqiqlanishiga qarshi.
Ayni paytda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining ruslarni viza bilan kamsitishga qaratilgan qadamlari Moskva tomonidan javobsiz qolmasligini bildirgan.
LiveBarchasi