Endi ruslar shengen viza bilan ham Estoniyaga kira olmaydi

Olam

image

Estoniya hukumati respublika tomonidan berilgan Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining mamlakatga kirishi taqiqlanadi, degan qarorga keldi. Bu haqda bugun, 11 avgust kuni Tallindagi hukumat brifingida respublika Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu ma’lum qildi. 

“Hukumat Tashqi ishlar vazirligi taklifiga ko‘ra, bir hafta ichida Estoniya tomonidan Rossiya fuqarolariga berilgan amaldagi Shengen vizalariga nisbatan sanksiya qo‘llanilishi haqida qaror qabul qildi. Ularga Estoniyaga kirish taqiqlanadi”, deydi u. 

Reynsalu ushbu qoidadan istisnolar bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Xususan, Rossiyaning Estoniyadagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, xalqaro tashish bilan shug‘ullanuvchi yoki Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq erkin harakatlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmaydi.  

Bundan tashqari, cheklovlar insonparvarlik sabablariga ko‘ra respublikaga kirishi zarur bo‘lgan shaxslarga, Estoniya fuqarolarining yaqin qarindoshlariga va respublikada doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Vazirning ta’kidlashicha, hozirda Estoniyada Rossiya fuqarolariga berilgan 50 mingdan ortiq amaldagi Shengen vizalari haqida ma’lumotlar mavjud. 

Avvalroq respublika Bosh vaziri Kaya Kallas Rossiya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayyohlik vizalari berilishini taqiqlashni zarur deb bilishini aytgandi. Keyinroq Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebstreyt ushbu taklif Yevropa Ittifoqida muhokamaga qo‘yilganini aytdi. Yevrokomissiya vakili 11 avgust kuni jurnalistlarga bunday cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligini izohlar ekan, hamjamiyat mamlakatlari o‘zlarining xalqaro majburiyatlarini bajarishlari va Yevropa Ittifoqi fuqarolarining oila a’zolariga, gumanitar soha xodimlariga, jurnalistlarga va rezidentlarga vizalar berilishini ta’minlashlari kerakligini ta’kidladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Estoniya Shengen viza

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing