YeI davlatlari mudofaaga ko‘proq pul sarflamasa, yevropaliklar rus tilini o‘rganishga majbur bo‘ladi – Mark Ryutte
Olam
−
14 yanvar 3404 1 daqiqa
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaaga ko‘proq mablag‘ sarflash uchun o‘z xarajatlarining bir qismini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 yanvar kuni Yevroparlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qilgan.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 2 foizini tashkil etishi kerak. Shuningdek, alyans Bosh kotibi sifatida Yevroparlamentda ilk bor so‘zga chiqqan Ryutte o‘zining maqsadlaridan birini NATO va Yevropa Ittifoqini Kreml tomonidan olib borilayotgan tahdidlarga qarshi kurashish deb atagan.
"Biz hozir xavfsizmiz, lekin to‘rt-besh yildan keyin nima bo‘ladi?" degan NATO Bosh kotibi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar mudofaa xarajatlari ko‘paymasa, yevropaliklar “rus tili kurslarini o‘rganishi yoki Yangi Zelandiyaga borishlari” kerak bo‘ladi.
“Men Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatdan qattiq xavotirdaman. Biz urush holatida emasmiz, lekin tinch holatda ham emasmiz. Bu mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritishimiz va salohiyatni oshirishimiz kerakligini anglatadi. Buni kutish mumkin emas. Biz jamiyatlarimiz barqarorligini va muhim infratuzilmani yaxshilashimiz kerak”, degan Ryutte.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya uzoq vaqtdan beri NATO davlatlariga qarshi yashirin emas, balki ochiq urush olib borayotganini aytgandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr