“Yegan og‘iz uyalar”. AQSH ham Rossiyaga yordam qo‘lini cho‘zdi
Olam
−
16 aprel 2020
7350Qo‘shma Shtatlar, agar kerak bo‘lsa, koronavirusning yangi turiga qarshi kurashda yordam sifatida o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini (O‘SSHA) Rossiya va boshqa mamlakatlarga yuborishga tayyor. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyning veb-saytida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Menimcha, Rossiyaga shamollatish uskunalari kerak, chunki ular Moskvada qiyin ahvolda. Biz ularga yordam beramiz”, dedi Tramp.
Shuningdek, u AQSH Italiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa davlatlarga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Ruslan” samolyoti Nyu-Yorkka gumanitar yordam yetkazib bergan edi. Rossiya Qo‘shma Shtatlarga O‘SSHA, niqoblar, respirator va tibbiy asbob-uskunalarni yuborgandi. Yukning umumiy massasi 60 tonnani tashkil etgan edi.
LiveBarchasi