YeCHLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Sport
−
12 iyun 2023 5549 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Rodrigo Ernandes Yevropa Chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yevropaning eng nufuzli klublar turnirining so‘nggi mavsumida Rodri 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta ogohlantirish oldi. Yarim himoyachi “Inter”ga (1:0) qarshi final uchrashuvining 2-bo‘limida g‘alaba to‘pini kiritdi.
Rodrining Yevropa Chempionlar Ligasi 2022/2023 dagi statistikasi:
- Uzatmalar aniqligi: 93,8%;
- Bosib o‘tgan masofa: 134,8 km;
- Maksimal tezlik: 31,6 km/soat.
Shuningdek, Rodri “Inter”ga qarshi final uchrashuvining ham eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Live
Barchasi