“E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi
Jamiyat
−
11 may 2022 9746 2 daqiqa
2022 yil 1 sentyabrdan, “E-Antikorrupsiya” loyihasi to‘liq ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 11 may kuni qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
“E-Antikorrupsiya” loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
• “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish va yuritish;
• korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish.
Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha davlat boshqaruvi organlarida quyidagi talablar asosida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi:
• vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish;
• tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;
• kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
• xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o‘qitish;
• kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025