Aholiga gaz va kömir yetkazib berilişini IIV nazorat qiladi

Jamiyat

−

image

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kömir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlaş, şuningdek, korrupsiya va talon-torojliklarning oldini oliş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yiğilişda içki işlar organlarining sohaviy xizmatlari va hamkor taşkilotlar mutasaddilariga quyidagi vazifalar belgilab berilgan:

  • Hududlarda ta’minot bilan boğliq muammolarni örganiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş;
  • Energetika mahsulotlarining temir yöl orqali taşilişida yuklar butligi va manzilga yetib borişini nazorat qiliş, ularni taşuvçi transport vositalari harakatining xavfsizligini ta’minlaş;
  • Gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalarida qöriqlaşni kuçaytiriş, moddiy boyliklarning talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
  • “Hududgazta’minot” AJ bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga öz vaqtida yetkazib beriş, mahsulot hajmi va taqsimotining hisobini yuritiş, ta’minotdagi uzilişlar sabablarini aniqlaş hamda iste’molçilar murojaatlarini hal etiş;
  • Transport vazirligi bilan birgalikda energetika mahsulotlarini taşiş logistikasi va belgilangan yönalişlarga rioya etilişini nazorat qiliş. 

Qayd etilişiça, ötgan bir oy davomida amalga oşirilgan işlar natijasida aniqlangan korrupsiyaviy holatlarga e’tibor qaratilgan. Jumladan, kömir mahsulotini noqonuniy saqlaş va ötkaziş bilan boğliq jami 16 ta holat aniqlanib, jami 333 tonna 540 kg kömir mahsulotlari noqonuniy muomaladan musodara qilinib, aholiga ehtiyojlari uçun yetkazilgan.

Şuningdek, suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, ötkaziş bilan boğliq jami 374 ta holat aniqlanib, noqonuniy muomaladan jami 9 139 dona gaz ballonlari hamda 92 tn 936 kg suyultirilgan gaz musodara qilinib, aholi iste’moli uçun qaytariş çoralari körilgan. Masalan, ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yilning oktyabr oyida Samarqand viloyatida “Pastdargʻomtumangaz” gaz ta’minoti korxonasi xodimlari oldindan jinoiy til biriktirib, aholi iste’moli uçun ajratilgan uglevodorod gazi töldirilgan maişiy gaz ballonlarini maxsus transport vositalari yordamida talon-taroj qilayotganliklari aniqlanib, qiymati 32 mln sömlik jami 3 tonna 100 kg uglevodorod gaz mahsulotlari musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti korxonasi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda holatning boşqa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari ötkazilgan reydlar davomida noqonuniy muomalada bölgan 3 mingdan ziyod gaz ballonlari va ularda saqlanayotgan 13 ming 636 kg suyultirilgan gaz mahsuloti aşyoviy dalil sifatida olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing