Istanbulda amaldorlar korrupsiya işi böyiça ommaviy qölga olindi
Olam
−
17:32 377 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul şahri Bakirköy tumani ma’muriyatidagi 58 kişi korrupsiya işi böyiça uşlandi. Bu haqda DHA xabar berdi.
Qayd etilişiça, qölga olinganlar orasida tuman hokimining beş nafar örinbosari, munitsipal kengaşning ikki nafar deputati va ma’muriyatning alohida bölinmalari rahbarlari bor.
Prokuratura umumiy hisobda 68 nafar gumonlanuvçini, jumladan, munitsipalitet xodimlari va tenderlarda iştirok etgan kompaniyalar vakillarini hibsga olişni topşirgan. Qolgan ön kişi qidirilmoqda.
Nazorat organi ma’lumotlariga köra, tergov davlatga zarar yetkazgan tovarlar va xizmatlar xarid qilişdagi qoidabuzarliklar haqidagi xabarlardan söng boşlangan. Şuningdek, tadbirkorlar muassasalarning işlaşi uçun ruxsatnomalar beriş evaziga ulardan noqonuniy ravişda pul talab qilinganini ma’lum qilgan. Agar egalari tölaşdan boş tortsa, hujjatlarni rasmiylaştiriş qasddan paysalga solingan.
Mutaxassislar 2024–2026 yillarda munitsipalitetning turli bölinmalari tomonidan ötkazilgan 42 ta tender böyiça hujjatlarni örganib çiqqan. Tergovçilar, şuningdek, gumonlanuvçilarning telefon sözlaşuvlari va moliyaviy razvedka materiallarini tahlil qilgan. Tergov mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda tenderdagi nayranglar va tovlamaçilikda gumonlaniş böyiça olib borilmoqda.
Operatsiya tuman hokimi va munitsipal kengaşning ba’zi deputatlari Jumhuriyat Xalq partiyasidan (CHP) muxolif “Yangi partiya”ga ötişi kutilayotgan kunda bölib ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada Istanbulning muxolifat boşqarayotgan tumani hokimi va yana beş kişi quriliş hamda foydalanişga ruxsatnomalar berişdagi qonunbuzarliklar böyiça ötkazilayotgan tergov doirasida qölga olingandi.
Live
Barchasi