Yashnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
14:07 2474 1 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni Abdulaziz Ahadovich Abdulhaqov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Abdulhaqov 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida hokimlik tizimida qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jalik sohalarida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2025 yildan Toshkent shahar “UET Construction” MCHJ ijtimoiy ob’ektlarni qurish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 3 ta tuman hokimi, jumladan, Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonqulov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi