Toşkentda Lixiang urib yuborgan piyoda halok böldi
3-sahifa
−
09:21 679 1 daqiqa
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 avtomobili yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda 41 yoşli fuqaro voqea joyida halok böldi. Bu haqda Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, YTH joriy yilning 1 noyabr kuni soat 17:45 larda TXAY köçasida, Qöyliq quriliş bozori qarşisida sodir bölgan.
2004 yilda tuğilgan Y.M. ismli haydovçi boşqaruvidagi Lixiang Li 9 rusumli avtomobil yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan 1985 yilda tuğilgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Uçtepa tumanida Onix rusumli avtomobil haydovçisi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan ötayotgan piyodani urib yuborgan edi. Uşbu hodisa oqibatida 20 yoşli qiz şifoxonada vafot etgan edi.
Live
Barchasi