“Bözsuv” kanaliga zaharli suv oqizilgani aniqlandi

3-sahifa

−

visibility136 timer3 daqiqa

image

Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Bözsuv” oqova suv tozalaş inşootida suvni tozalaş samaradorligi belgilangan 70 foiz örniga 47,6–51,5 foizni taşkil etayotgani aniqlandi. Inşootdan “Bözsuv” kanaliga zararli moddalar bilan ifloslangan, yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlar çiqarib yuborilgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Ekopolitsiya xodimlari aholidan kelib tuşgan şikoyatlar asosida inşootda ekologik nazorat tekşiruvini ötkazgan. Laboratoriya tahlillarida joriy yilning 11 va 13 noyabr kunlari kanaldan olingan oqova suv namunalaridagi 13 turdagi ifloslantiruvçi moddaning 9 tasi belgilangan me’yordan bir neça ön barobar yuqori ekani aniqlangan. Oqibatda atrofga kuçli badböy hid tarqalib, yaqin hududda yaşovçi aholi noroziligiga sabab bölgan.

Tekşiruvda bunga asosiy sabablardan biri sifatida inşoot mas’ullari tomonidan töqimaçilik, qoğozni qayta işlaş, parrandaçilik va boşqa işlab çiqariş korxonalarining tarkibida oğir kimyoviy böyoqlar hamda zaharli moddalar bölgan oqova suvlari mahalliy tozalaşdan ötkazilmasdan qabul qilingani körsatilgan. Şuningdek, uşbu korxonalarni tarmoqdan uziş va ekologiya organlarini xabardor qiliş talablari bajarilmagan.

Bundan taşqari, Davlat ekologik ekspertizasining 2024 yildagi xulosasida belgilangan inşootni modernizatsiya qiliş, qöşimça tozalaş majmuasini quriş va oqova suvlar sifatini avtomatlaştirilgan nazorat qiliş tizimini joriy etiş böyiça talablarning birortasi bajarilmagan.

Tekşiruv davomida inşoot rahbariyati davlat nazoratiga tösqinlik qilgani ham aniqlangan. Xususan, 17 noyabr kuni inşoot xodimlari Ekopolitsiya va irrigatsiya mutaxassislariga 3-son çiqariş nuqtasidan Bözsuv kanaliga taşlanayotgan oqova suv hajmini ölçaşga imkon bermagan.

Şuningdek, jamiyat hisobotlarida yillik oqova suv hajmi 2023 yilga nisbatan 131,3 mln kub metrga, ya’ni 54 foizga kamaytirib körsatilgan. Biroq bunday katta hajmdagi suv qayerga yöqolgani yuzasidan asoslovçi hujjatlar taqdim etilmagan.

Ma’lum bölişiça, oqova suvlar tarkibidagi 15 turdagi ifloslantiruvçi moddaning 9 tasi, jumladan, neft mahsulotlari, oğir metallar, SPAV va xrom yillar davomida hisobotlardan yaşirib kelingan. Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasi mas’ullari esa notöğri hisobotlarni tekşirmasdan qabul qilgan. Boşqarma laboratoriyasi tomonidan 2026 yil davomida nazorat tahlillari umuman ötkazilmagan, yilning birinçi va ikkinçi çoraklari uçun esa hisobotlar topşirilmagan.

Bundan taşqari, yiliga hosil böladigan 23 ming 541 tonna çiqindi, uning asosiy qismini taşkil etuvçi xavfli çökindi – il belgilangan tartibda utilizatsiya qilinmasdan, oçiq yer maydonlariga noqonuniy taşlab kelingan.

Aniqlangan qonunbuzarliklar va yaşirilgan ma’lumotlar qayta hisob-kitob qilingaç, jamiyatga atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblangan. Şuningdek, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunning 55-moddasiga (Suvlarni ifloslantirganlik, şuningdek, suv ob’ektlariga oqova suvlarni oqizişga yöl qöyiş şartlari töğrisidagi talablarni buzganlik) asosan moliyaviy sanksiya qöllanilib, kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça 15 banddan iborat majburiy körsatma berilgan. Talablar belgilangan muddatda bajarilmasa, inşoot faoliyatini töxtatiş yuzasidan iqtisodiy sudga da’vo kiritiladi.

Şuningdek, öz vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgan Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasining mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziladi. Töplangan hujjatlar esa huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuboriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing