Shunchaki xonadon emas: DN Group’da zamonaviy yashash muhiti
Biznes
−
18:30 331 2 daqiqa
DN Group kompaniyasi bir necha yillardan buyon o‘zining yuqori sifatli va zamon talablariga mos keladigan ko‘p qavatli uylari bilan minglab insonlarni boshpanali qilib kelmoqda.
Yashnobod tumanining markaziy qismida qad rostlayotgan kompaniyaning Aviapark loyihasi doirasidagi 5 ta blokdan iborat 16 qavatli binosi ham uy olish istagida yurganlar uchun to‘g‘ri tanlov bo‘la oladi.
.png)
Agar ko‘p qavatli uy sotib olsangiz va xonadonngiz yuqori qavatda bo‘lsa, siz uchun eng kerakli narsa ishonchli, tezkor va shinam lift bo‘ladi. Yangi binoda esa har bir yo‘lakda 1 tadan zamonaviy lift joylashgan.
Undan tashqari, loyiha doirasida qurilayotgan 488 ta xonadon uchun xuddi shuncha miqdorda yerosti avtoturargohi ham bor.
.png)
Qariyb 500 ta xonadon ichida 1 va 4 xonali xonadonlar mavjud bo‘lib, eng kichik kvadraturasi 36 dan boshlanib, 98 kvadratgacha boradi.
Eng qiziq tomoni, binodaning tom qismi ham bo‘sh qolmagan. Agar siz Aviapark’dan uy sotib olsangiz, uning yuqorisidagi tennis maydonchasida tennis o‘ynashingiz yoki sog‘lig‘ingiz uchun fitnes bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Ha, aytgancha, mashg‘ulotlardan charchab chiqqaningizdan keyin issiqqina kofe ichib, dam olishingiz uchun tomning o‘zida alohida dam olish joylari bo‘ladi.
.png)
Bu ham hali hammasi emas. Loyiha doirasida uyning yonida xususiy bolalar bog‘chasi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Xullas, mana shunday ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan yangi uylarning topshirish sanasi 2027 yilning 3-choragiga mo‘ljallangan. Ungacha esa sizda bu manzildan xonadonlarni 28 oyga bo‘lib to‘lash yoki naqd pulga 15 foiz chegirma bilan sotib olish imkoniyatlari mavjud.
.png)
Agar yanada batafsilroq ma’lumotlar kerak bo‘lsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Telefon: +998787075555 | +998772245555
Instagram: @dn_group.uzbekistan
Sayt: https://dn-group.uz/uz
Reklama huquqi asosida.
Live
Barchasi