“Yashil” va “sariq” hududlarda sport zallari va fitnes klublari faoliyatiga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

"Yashil" va "sariq" hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati 3 kun muddatda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda "sariq" va "yashil" hududlarda joylashgan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu buyruqqa asosan ushbu muassasalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– Sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o‘lchash,

– 37 daraja va undan yuqori tana harorati bo‘lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqda sog‘liqni saqlash bo‘limlariga xabar berish,

– Cport tadbirlari hamda badantarbiya mashg‘ulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etishga qat’iy amal qilinadi.

– Shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, joriy yilning 1 iyunidan qaysi faoliyat turlariga ruxsat berilishi haqida ma’lum qilgan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

sport zal fitnes ruxsat

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing