Navoiyda katta sport zal yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Lochin” sport zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 sentyabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasiga qarashli “Yoshlar” sport zalida yong‘in sodir bo‘lgan. Hozirga kelib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisa “Uchquduq” hududiy boshqarmasi tasarrufidagi “Lochin” sport sog‘lomlashtirish majmuasining gimnastika zalida kelib chiqqan. 

NKMK AJ matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mazkur yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan va jiddiy talafot yetmagan. Tegishli mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanib, tegishli barcha choralar ko‘rilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi "Quruvchilar" dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uyning 592 ta xonadoni hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi.

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro jabrlandi va hodisa oqibatida 2006 yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy sport zal Lochin NKMK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing