Endi ayollar ham katta sig‘imli avtobuslarni boshqarishi mumkin
Jamiyat
−
13 fevral
3145O‘zbekistonda ayollar katta sig‘imdagi avtobus va elektrobuslarni boshqarishlari uchun huquqiy asos yaratildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan.
Shu tariqa ayollarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:
- yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish;
- yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish.
"Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo‘shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi", deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.
LiveBarchasi