Surxondaryoda ayollar yer ustida janjallashdi (video)
3-sahifa
−
09:38 3688 2 daqiqa
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ayollar yer masalasi sabab janjallashdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat 2026 yil 13 mart kuni “Mehnatobod” mahallasida yashovchi M. N. va S. N. o‘rtasida yer masalasi yuzasidan kelib chiqqan nizo bilan bog‘liq. Nizo davomida tomonlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Unda S. N. ning qarindoshlari Z. T. , K. N. va E. N. ham ishtirok etgan.
Janjal vaqtida o‘zaro haqorat va tan jarohati yetkazilgani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yuborilgan.
Shuningdek, M. N. ning yashash xonadoni qurilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan 2025 yil 27 oktyabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi (Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik) 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
2025 yil 31 oktyabr kuni M. N. ga BHMning 200 baravari miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda nizo yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda. Hokimlik sudning yakuniy qarori qabul qilinmaguncha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va boshqa materiallar asosida bir tomonlama xulosa chiqarish maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.
Sud qarori qonuniy kuchga kirgach, zaruratga ko‘ra holat yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etilishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida farzandlarini ko‘rish uchun sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan erkak uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangandi.
Live
Barchasi