“Yashil” toifaga kiruvchi G‘uzorda bozor karantinga yopildi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
8610Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi bozor karantinga yopildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Bir hududda bir kun" loyihasi doirasida G‘uzorga tashrifi davomida tumandagi “Karvon” bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganligiga guvoh bo‘lgan.
“Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku. Bozorning 9 ta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlar yo‘q. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi. Ushbu masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham alohida to‘xtalib, “Temir intizom va yuksak mas’uliyat bilan kechayu kunduz ish davom etishi kerak”, deya ta’kidlagan edilar”, dedi viloyat rahbari Zoyir Mirzayev.
Ma’lumot uchun, “Karvon” bozori viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati hozirda "yashil" toifaga kiritilgan. Viloyat birinchilardan bo‘lib, koronavirusdan holi bo‘lgan.
LiveBarchasi