“Yaramas jazosiz qolmaydi!”: Otabek Umarov ayollarni haqoratlagan fermer ishini nazoratga oldi

Jamiyat

Kecha, 26 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda yosh fermer dalasida paxta terayotgan onasi tengi terimchi ayollarni haqoratlayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Fermer ayollarni : “Chmo” bo‘lganingdan keyin paxta terasanda”, deb haqorat qilgan.

Mazkur video tarqalganidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fermerning topilishi va tegishli jazo olishini shaxsan nazoratga olishini ma’lum qildi.

“Yaramas jazosiz qolmaydi! Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanaman!”, degan Otabek Umarov.

U ushbu postni qoldirilganidan 3 soat o‘tib esa fermerning kechirim surab turgan videosini joylashtirdi. Videoga quyidagi sharh qoldirilgandi:

“Qo‘pollik qilgan shaxsning kimligi aniqlandi. Kechirim so‘rash odilona jazoni ta’minlashning birinchi qadami, xolos. Tez fursatlarda unga nisbatan qonunda belgilangan chora ko‘riladi.”

Qizig‘i, mazkur holat qachon, qayerda yuz bergan, fermerning ism-sharifi nima bu to‘g‘rida hech bir rasmiy idora ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta Otabek Umarov haqorat

Baholaganlar

1301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing