“Yaramas”. Lukashenko Ukrainani aybladi 

Olam

image

Belarus qo‘shinlari Rossiyaning Ukraina sharqida , Donbassda boshlagan “maxsus operatsiyasi”da ishtirok etmayapti. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi. 

“Mana meni o‘qiganim: “Taxminan ertalab soat 5:00 da Ukrainaning Rossiya va Belarus hududidagi davlat chegarasi Belarus tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rus qo‘shinlari tomonidan hujumga uchradi.” Yaramaslar, bizning hech qanday qo‘shinimiz bu operatsiyada ishtirok etmaydi”, degan u harbiylar bilan bo‘lib o‘tgan tezkor yig‘ilishda. 

Rossiya bilan aloqa 

Lukashenkoning xabar berishicha, Belarus Mudofaa vazirligi rahbariyati Ukraina harbiy rahbarlariga Rossiya Qurolli Kuchlarining Donbassdagi operatsiyasi boshlanishidan oldin Rossiya harbiy rahbariyati bilan bog‘lanishni taklif qilgan. Uning aytishicha, kecha, 23 fevral kuni kechqurun Ukraina harbiy rahbariyati vakili Minsk bilan bog‘langan. Lukashenko nomidan Belarus Mudofaa vaziri Ukraina vakili bilan suhbatlashgan. 

“Siz (Belarus Mudofaa vaziri) mening nomimdan unga taklif qildingizki, Prezident Putin bilan uchrashuvdan so‘ng, bizning Prezidentimiz bu qirg‘in boshlanmasligi uchun zudlik bilan Rossiya Mudofaa vaziri, Bosh shtabi bilan bog‘lanishingizni tavsiya qiladi. U qo‘ng‘iroq qildimi? Qilmadi”, degan Lukashenko. 

Unga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligi vakili mojaro boshlanishi mumkinligini bilib ham, Moskvaga qo‘ng‘iroq qilmagan.  

“Eshiting, tarixda Xrushev kechasi Kennediga qo‘ng‘iroq qilib, termoyadro urushini to‘xtatgan holatlar bo‘lgan. Mana, ko‘rdingizmi, qo‘ng‘iroq qilish, telefon go‘shagini olish qiyin edi. Yaramas”, deya xulosa qilgan Lukashenko.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi. 

Ukraina IIV maslahatchisi esa Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi. 

Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi. 

Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi. 

Shuningdek, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing