Rossiya Ukrainaning gumanitar yordam markazini bombaladi. Qurbonlar bor
Olam
−
08:32 581 2 daqiqa
Rossiya armiyasi keça, 2 noyabr kuni Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam tarqatiş markazi va uning yonidagi boşpanaga aviabombalar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida kamida 26 kişi halok böldi, yana beş kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hujum Zaporoje şahrining janubi-şarqida joylaşgan Komişuvaxa qişloğida sodir bölgan. Rossiya harbiylari dastlab mahalliy maktabga zarba bergan. Maktab öquvçilar uçun yopilgan bölib, aholi undan boşpana va gumanitar yordam tarqatiş markazi sifatida foydalanib kelgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytişiça, birinçi zarbadan keyin odamlar voqea joyiga yiğila boşlagan va Rossiya harbiylari ikkinçi bor hujum qilib, boşpanani nişonga olgan.
Halok bölganlar orasida qutqaruv xizmatining ikki nafar xodimi va tört nafar politsiyaçi bor. Jarohatlangan beş kişidan ikki nafari ham qutqaruvçi hisoblanadi. Zaporoje şahar kengaşi kotibi Regina Xarçenkoning ma’lum qilişiça, hujumdan keyin yana 27 kişi bedarak yöqolgan.
Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirayotgan vaqtda Rossiya dronlari hududga yana hujum qilgan. Bu esa qutqaruv işlariga xalaqit bergan.
Zelenskiy Rossiya harbiylari qişloq aholisi har hafta gumanitar yordam oliş uçun şu joyga yiğilişini yaxşi bilganini aytgan. Uning sözlariga köra, hujum Rossiya uruşni yumşatiş emas, odamlarni öldirişda davom etayotganini körsatadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragandi.
Live
BarchasiFloridada samolyot halokatga uchradi
02 Noyabr