Lukashenko Tixanovskayani tuhmatda aybladi

Olam

image
Bayden Belarus muxolifati yetakchisi Tixanovskaya bilan uchrashdi north_east

Bayden Belarus muxolifati yetakchisi Tixanovskaya bilan uchrashdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning o‘tgan yilda mamlakatdan ketishi tafsilotlarini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 30 iyul kuni rasmiylar bilan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning dolzarb masalalari bo‘yicha uchrashuvida gapirgan.  

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Tixanovskayani mamlakatni tark etishga majbur qilishmagan, unga tahdid ham qilinmagan. 

“Men uni Belarusni tark etishga majbur qilishgani, bolalar qo‘lga olingani va boshqa narsalar bilan tahdid qilingani haqida bugungi hisobotimda o‘qidim. Bolalarga ota-onalari uchun bunday mas’uliyat yuklanmasligi kerak, men Litvaga boraman va bolalarni qo‘lga olaman. Agar bolalarni o‘sha yerga olib borgan bo‘lsangiz, ularni himoya qiling”, degan Prezident.  

Lukashenkoning aytishicha, Tixanovskaya shaxsan Belarus Prezidenti huzuridagi operativ-tahliliy markaz boshlig‘i Andrey Pavlyuchenkoga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat va moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan. Prezidentning ta’kidlashicha, shundan so‘ng unga 15 ming dollar va Litvaga ketishga ruxsat berilgan. 

“Bugun esa u unga tahdid qilinganini, bolalarini undan tortib olishganini va hokazolarni gapiryapti. Yaramas. U haqida birinchi marta gapiryapman. Garchi men ayollar bilan urushmayman”, degan u. 

Eslatib o‘tamiz, Belarus muxolifati yetakchisi va prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya 28 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgandi.  

Tixanovskaya joriy yilning 18 iyul kuni Qo‘shma Shtatlarga kelgan va u yerda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Senat qo‘mitasi raisi va AQSHning Belarusdagi elchisi Juli Fisher bilan uchrashgan.  

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi.  

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Tixanovskaya

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing