Yaponiyalik milliarder Oyga sayohat qilishni xohlovchilarni qidirmoqda

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Yaponiyalik milliarder, ZOZOTOWN kiyim-kechak kompaniyasining asoschisi Yusaku Maedzava o‘zi bilan birga Oy atrofida sayohat qilishga borish uchun tayyor 8 kishilik jamoani chorlamoqda. Bu haqda u Youtube kanalida ma’lum qilgan. 

Parvoz Starship SpaceX kosmik kemasida 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Parvoz bilan bog‘liq barcha xarajatlarni milliarderning o‘zi qoplaydi. 

Parvoz qilishni xohlovchilarning arizalari joriy yilning 14 mart kuni Tokio vaqti bilan 23:59 gacha qabul qilinadi. 

Ta’kidlanishicha, kemadan joy olishni xohlovchi da’vogarlar ishtirokchining boshqa ekipaj a’zolariga qanday foydasi tegishi, parvoz ularning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va u qanday qilib butun insoniyat uchun foydali bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib berishi kerak. 

Oyga sayohat uch kun davom etadi va uning narigi tomoniga burilib, orqaga qaytish uchun yana uch kun kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy sayohat

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing