NASA fazogirlarni Oyga qöndirişga tayyorgarlikni tezlaştirdi

Bu qiziq

−

image

Amerika kosmik agentligi (NASA) “Artemida IV” missiyasiga tayyorgarlik işlarini tezlaştirdi. Uşbu missiya doirasida astronavtlarni 2028 yilda Oyga qöndiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda joriy yilning 23 oktyabr kuni Amerika kosmik agentligining matbuot anjumanida e’lon qilindi.

Qayd etilişiça, NASA rahbari Jared Ayzekman va boşqa mutasaddilar “Artemida IV” missiyasiga tayyorgarlik muddatiga rioya qiliş uçun işlarni tezlaştiriş va texnik talablarni maqbullaştiriş rejasini taqdim etgan.

Ayzekman öz çiqişi davomida AQŞ astronavtlarni xavfsiz qöndiriş uçun zarur çoralarni körayotganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, ekipaj yetib kelişidan oldin u yerda “lunoxod” (Oyda harakatlanuvçi apparat) va insonlarning uzoq vaqt qolişi uçun möljallangan bazaviy modullar allaqaçon joylaştirilgan böladi.

Öz navbatida, “Artemida” dasturi rahbari Jeremi Parsons Oyga qöniş modullarini yaratiş ustida bir vaqtning özida ikkita xususiy kompaniya – Ilon Maskning SpaceX va Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyalari iş olib borayotganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, agentlik ekipajni Oy yuzasiga yetkazib beruvçi kompaniyani imkon qadar keçroq tanlaşga harakat qiladi, çunki SpaceX ham, Blue Origin ham belgilangan muddatda Oyga qönişga tayyorgarlik körmoqda.

Naşr ma’lumotlariga köra, oxirgi marta fazogirlar 1972 yilning dekabrida “Apollon-17” missiyasi doirasida Oyga qöngan. Ekipaj Oy yuzasida uç kundan ortiq vaqt ötkazgan, Oy tuproği namunalarini yiğgan va ilmiy tajribalarni bajargan. Öşandan beri inson oyoği Oy yuzasiga boşqa tegmagan.

Eslatib ötamiz, 1 aprel kuni “Artemida II” Oy missiyasi doirasida “Orion” kosmik kemasi uçirilgan edi. Bortida tört nafar astronavt bölgan kema Oy tomon yöl oldi. Bu 1972 yil dekabridan beri Oyga uyuştirilgan birinçi boşqariladigan parvoz va yarim asrdan ortiq vaqt içida past yer atrofi orbitasidan taşqariga çiqilgan birinçi missiya böldi. Ular 11 aprel kuni Yerga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing