Olimlar Oyga qöniş uçun eng qulay törtta hududni aniqladi
Bu qiziq
−
18:38 495 3 daqiqa
Olimlar Oyga insonni qöndiriş va ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun eng maqbul deb topilgan törtta hududni belgiladi. Bu haqda NASA uçun tayyorlangan ilmiy hisobotga tayanib, “Naked Science” naşri xabar berdi.
Mutaxassislar Oyning şimoliy va janubiy qutblaridan taşqarida joylaşgan törtta hududni tanlab olgan. U yerlarga ikki nafar astronavtdan iborat ekipajni qisqa muddatli ekspeditsiyaga yuboriş taklif etilmoqda. Missiya davomida astronavtlar Oy yuzasiga bir martadan tört martagaça çiqişi mumkin.

Röyxatda birinçi örinni Oyning orqa tomonidagi Bxabxa krateri egallagan. U Janubiy qutb – Eytken deb nomlangan ulkan havza içida joylaşgan. Olimlar bu hududdagi toğ jinslarini örganiş orqali qadimgi töqnaşuvlar yoşini aniqlaş va Oy qobiğining şakllaniş jarayonini yaxşiroq tuşuniş mumkinligini bildirgan. Şuningdek, kraterning Yerdan keladigan radio xalaqitlardan himoyalangan joylaşuvi u yerda radioastronomik kuzatuvlar olib boriş imkonini beradi. Biroq hududning orqa tomonda joylaşgani sababli astronavtlar bilan Yer örtasida töğridan töğri aloqa örnatiş qiyin böladi.
Ikkinçi öringa 1971 yilda “Apollon-15” missiyasi astronavtlari bölgan Xedli toği atrofi kiritilgan. Olimlar u yerga qayta borib, yarim asrdan ortiq vaqt avval qoldirilgan Oy avtomobili, qöniş moduli va ilmiy uskunalar holatini tekşirişni taklif qilgan. Bu orqali kosmik nurlaniş, harorat özgarişi va Oy çangi texnikaga uzoq vaqt davomida qanday ta’sir körsatişini aniqlaş mumkin.
Uçinçi örinni diametri qariyb 930 kilometr bölgan Oriyentale havzasi egallagan. U yerda qadimgi töqnaşuvlar oqibatida Oy qobiğining çuqur qatlamlaridan yuzaga çiqqan toğ jinslari mavjud. Ularni örganiş orqali Oyning dastlabki geologik şakllaniş jarayoni haqidagi ma’lumotlarni aniqlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, bu hududda gravitatsion tölqinlarni qayd etişga möljallangan observatoriya örnatiş imkoniyati ham körib çiqilgan.
Törtinçi hudud sifatida Oyning körinadigan tomonidagi Aristarx platosi tanlangan. U qadimgi vulqon faoliyati izlari, lava oqimlari va vulqon jinslariga boy. Olimlar u yerdagi suv va gidroksil guruhlarini saqlagan vulqon şişalarini örganiş orqali Oy jinslari tarkibida qança suv saqlanganini va uni kelajakda oliş mumkinligini aniqlamoqçi.

Qayd etilişiça, uşbu röyxat kelgusi ekspeditsiyalar ketma-ketligini belgilamaydi. Texnik jihatdan dastlab Oyning Yerdan körinadigan tomonidagi hududlarga boriş osonroq. Şu sababli missiyalar avval Xedli toği, keyin Aristarx platosi, Oriyentale havzasi va eng sönggida Bxabxa krateriga yönaltirilişi mumkin.
Olimlarning fikriça, bunday ekspeditsiyalar NASA’ning Oy janubiy qutbida doimiy baza quriş rejalarini töldirişi mumkin. Buning uçun astronavtlar bilan uzluksiz aloqa tizimini yaratiş, Oyni orbitadan batafsil suratga oladigan apparatlar va sovuq Oy tunlarida ham işlay oladigan uskunalarni takomillaştiriş talab etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar ayrim nazariy şaroitlarda qora tuynuk ikki qismga bölinişi mumkinligini hisoblab çiqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi