Qora tuynukka oid ğayrioddiy nazariya ilgari surildi
Bu qiziq
−
09:14 2416 2 daqiqa
Olimlar ayrim nazariy şaroitlarda qora tuynuk ikki qismga bölinişi mumkinligini hisoblab çiqdi. Biroq bunday jarayon odatiy fizika qonunlari doirasida deyarli imkonsiz hisoblanadi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Qora tuynuklar odatda bir-biri bilan qöşilib, yirikroq qora tuynukni hosil qiladi. Bunday hodisalar gravitatsion tölqinlarni qayd etuvçi observatoriyalar tomonidan muntazam kuzatiladi. Ammo bitta qora tuynukning ikkiga ajralişi termodinamikaning ikkinçi qonuni bilan boğliq çeklovlarga duç keladi.
Qora tuynuk entropiyasi uning hodisalar gorizonti maydoniga mutanosib. Odatiy şaroitda qora tuynuk ikkiga bölinsa, ularning umumiy gorizonti maydoni kamayadi. Bu esa entropiyaning ortişi kerakligi haqidagi qonunga zid keladi.
Tadqiqotçilar aylaniş tezligi nazariy çegaraga yaqin bölgan qora tuynuklarni örganib, böliniş uçun qanday şaroitlar zarurligini hisoblagan. Ular entropiyaning ortişi, bölaklarning bir-biridan uzoqlaşiş tezligi va asosiy qismning tortiş kuçidan qoçib ketiş uçun yetarli energiya mavjudligini tekşirgan.
Hisob-kitoblar şuni körsatganki, köp hollarda qora tuynukdan ajralgan bölak uning tortiş kuçidan qoçib keta olmaydi va yana orqaga qaytib tuşadi. Uçta şartni bir vaqtning özida bajariş faqat aylaniş tezligi nazariy maksimumga juda yaqin bölgan qora tuynuklar uçun mumkin bölgan. Bunda ham Plank massasidan yengil bölaklargina qayta tortilib ketişidan oldin buğlanib ulgurişi mumkinligi hisoblangan.

Olimlar qöşimça fazoviy ölçamlar mavjud bölgan nazariyalarni ham körib çiqqan. Bunday nazariyalarda uzun qora tuynuksimon tuzilmalarning bir neçta qismga ajralişi matematik hisob-kitoblar orqali körsatilgan. Biroq qöşimça ölçamlar mavjudligi hozirça tajribada tasdiqlanmagan.
Tadqiqot mualliflari qora tuynukning bölinişi mumkinligini körsatuvçi ayrim nazariy ssenariylarni aniqlagan bölsa-da, bu jarayon amalda sodir bölişini isbotlamagan. Ularning fikriça, dastlabki koinotda paydo bölgan qora tuynuklar bunday jarayonlarga yulduzlar halokati natijasida hosil bölgan qora tuynuklarga nisbatan moyilroq bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Jeyms Uebb” (JWST) teleskopi öta ulkan qora tuynukni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr