Olimlar rangini özgartiradigan 1600 yillik Rim şişasini qayta yasadi
Olam
−
09:09 536 2 daqiqa
Buyuk Britaniyadagi Şeffild universiteti olimlari yoruğlik ta’sirida rangini özgartiradigan qadimgi Rim şişasining xususiyatini qayta yaratişga muvaffaq böldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Gap Buyuk Britaniya muzeyida saqlanayotgan, taxminan 1600 yillik Likurg qadahi haqida ketmoqda. U odatiy yoruğlikda yaşil, orqa tomondan yoritilganda esa qizil rangda körinadi. Uşbu xususiyat asrlar davomida tarixçilar va şişasoz mutaxassislarni hayratda qoldirib kelgan.
Olimlar kosaning bu xususiyatini qayta yaratiş uçun qadimgi şişa retseptidan foydalangan. Tajriba davomida eritilgan şişa tarkibiga oltin va kumuşning nanozarraçalari qöşilgan. Şişa 1000 darajadan yuqori haroratda eritilib, sovitilganda uning içida nanokristallar hosil bölgan.
Tadqiqotçilarning aytişiça, şişa tarkibidagi zarraçalar yoruğlikning ayrim ranglarini tösadi. Yoruğlik şişa orqali ötganda qizil va töq sariq ranglar körinadi, uning yuzasidan qaytganda esa yaşil tus paydo böladi.Universitetning kimyoviy, materiallar va biologik muhandislik maktabi texnika xodimi doktor Liza Hollands bu natijaga erişiş uzoq va maşaqqatli jarayon bölganini aytdi.
“Men uçun bu mö’jiza”, dedi u.
Törtinçi asrga mansub Likurg kosasi qadimgi yunon afsonasiga asoslangan naqşlar bilan bezatilgan. Unda şarob xudosi Dionisning şoh Likurg ustidan ğalabasi tasvirlangan. 2022 yilda kosa xalqaro ekspertlar tomonidan dunyodagi şişadan yasalgan yetti mö’jizadan biri sifatida e’tirof etilgan.
London universiteti kollejining arxeologik materiallar böyiça faxriy professori Ien Fristounning ta’kidlaşiça, Şeffild universiteti olimlari yaratgan şişa avvalgi tajribalarga qaraganda asl kosaning yaşil va qizil ranglariga yaqinroq.
Mutaxassisning fikriça, şişaning yakuniy rangi uni eritiş jarayonidagi şaroitlarga, jumladan, peç içidagi joylaşuviga boğliq bölgan. Bu esa qadimgi rimliklarga bunday ranglarni aniq nazorat qiliş oson bölmaganini körsatadi.
Loyiha doirasida şişa rassomi Elliot Uoker ham qadimgi kosadan ilhomlangan zamonaviy haykal yaratgan. Uşbu asar 6–15 noyabr kunlari Şeffilddagi Millennium galereyasida namoyiş etiladi, keyinçalik esa Turner şişa muzeyida doimiy saqlanadi.
Olimlar uşbu tadqiqot qadimgi Rim ustalari şişa tayyorlaşda qanday usullardan foydalanganini yaxşiroq tuşunişga yordam berişini ta’kidlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi