Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalarga Prezident sovg‘alari topshirildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
4272Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Nagoya universitetiga borgani va universitet faoliyati bilan tanishib, uning prezidenti Seyichi Matsuo bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga kelgan vaqtida bu yerda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
O‘zAning yozishicha, Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov ishtirok etdi.
Akmal Burhonov O‘zbekiston Yaponiya bilan ta’lim sohasida izchil hamkorlik olib borayotgani, buning natijasida ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ushbu mamlakatda tahsil olib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonning bu yoshlardan umidi katta ekani, ular kelgusida zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlari, yuqori texnologiyalar bo‘yicha egallagan bilimlarini yurtimizga safarbar qilishga tayyor ekani qayd etildi.
Shundan so‘ng talaba yoshlarga Prezident sovg‘alari – zamonaviy kompyuterlar topshirildi.
“Biz, yoshlarga ko‘rsatgan yuksak e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz. Yaponiyadan yetuk mutaxassislar bo‘lib qaytib, yurtimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lida bor bilim va tajribamizni ishga solamiz”, deydi Nagoya universiteti doktoranti Umida Husainova.
LiveBarchasi