Yaponiyada kuchli yomg‘ir boshlandi. 64 ming kishi uysiz qolishi mumkin (foto)
Olam
−
29 iyul 2021
6409Yaponiyaning Fukui prefekturasida kuchli yomg‘ir kuzatilmoqda. Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
Fukui markaziy hokimiyati 64 ming kishiga uylarini tark etish va evakuatsiya markazlariga ko‘chishni tavsiya qilgan. Tavsiyalar asosan tog‘li hududlardagi aholiga berilgan. Hududlarning birida 120 kishi ko‘chki tufayli qamalda qolgan. Ayni paytda ularga qutqaruv guruhlari yuborilgan.
Fukuidagi kuchli yomg‘irlarning intensivligi soatiga 80-100 millimetrga yetishi aytilgan. Yomg‘ir tufayli bir nechta temir yo‘l liniyalarida poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Elektr uzilishlari va yo‘llarni suv bosishi holatlari qayd etilgan.
Avvalroq, Pokistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini yuz bergani, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, global iqlim o‘zgarishi fonida ko‘plab davlatlarda kuchli yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari kuzatilmoqda. So‘nggi kunlarda Yevropaning bir qator davlatlarida ham ushbu tabiiy ofat kuzatildi. Birgina Germaniyaning o‘zida 150 dan ortiq odam suv toshqinlari qurboniga aylandi. Bundan tashqari, Xitoyda ham qariyb 140 kishi ushbu tabiiy ofat oqibatida halok bo‘ldi.
LiveBarchasi