Xitoy sharqiga kuchli to‘fon yopirildi. Yuz minglab odamlar ko‘chirildi (foto+video)

Olam

image

Kecha, 25 iyul kuni Xitoyning Shanxay shahrida “In-Fa” to‘foni kuzatildi. Oqibatda, hukumat qirg‘oq bo‘yidagi hududlardan 360 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda

Ma’lum bo‘lishicha, Tinch okeanidan Shanxayga yaqinlashib kelayotgan bo‘lgan “In-Fa” to‘foni kuchli yomg‘ir bilan birga 15 km / soat tezlikda harakat qilgan. U kuzatilgan joylarda esa shamol tezligi sekundiga 137 km/soatni tashkil qilmoqda. 

Hozirda, shaharda ko‘p sonli simlar uzilgan, daraxt va chiroq ustunlari qulab tushib, mamlakatda favqulodda rejim e’lon qiligan. Shuning uchun, shaharning ikkita Xalqaro ayeroportida barcha yo‘lovchi reyslari bekor qilindi, metropoliten yopildi va tezyurar poyezdlar harakati to‘liq to‘xtatildi. 26 iyuldan shaharning barcha ta’lim muassasalarida darslar bekor qilindi.

Sinoptik meteorologiya bo‘limi to‘fon Primoriyada kuchli yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda 

Ayni damda, Shanxayda taxminan 100 ming kishi toshqinlarning oldini olish uchun ishlayapti.  Qaysi hududlarni suv bosishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plashda sun’iy intellekt va 5G dan foydalanadigan aqlli shahar tizimi ishtirok etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining ikkinchi yarmida bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irlar natijasida Xenan provinsiyasida toshqinlar boshlangan edi.Oqibatda, to‘qqiz milliondan ortiq odam tabiiy ofat zonasida qolib ketgan bo‘lsa, 58 kishi toshqin qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing