Xitoyda toshqin qurbonlari soni ortdi

Olam

image

Xitoyning markaziy Xenan provinsiyasida toshqin qurbonlari soni 33 kishiga yetdi, 256 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga ko‘chirildi va 3 milliondan ortiq odam hamon tabiiy ofat zonasida qolmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Bungacha provinsiya ma’muriy markazi Chjenchjouda 25 kishi, Gun’i shahrida 4 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

“16 iyuldan boshlab toshqinlar sababli 3 milliondan ortiq aholi tabiiy ofat zonasida qolgan, 33 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi bedarak yo‘qolgan, 256 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan”, deyiladi xabarda.

215 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazilgan, moddiy zarar 12,2 milliard yuandan (taxminan 188,9 million dollar) oshgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irlar natijasida Xenan provinsiyasida toshqinlar boshlandi. Chjenchjoudagi suv omborlaridan biridagi to‘g‘onning yorilishi tufayli viloyat hokimiyati favqulodda vaziyatlarning yuqori darajadagi choralarini amalga oshira boshladi. Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi milliy xavf darajasini uchinchi darajadan ikkinchisiga ko‘tardi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy toshqin

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing