Hafta örtalarida qayerlarda yomğir yoğişi aytildi
Bu qiziq
−
11:03 1705 2 daqiqa
Uşbu hafta Özbekiston hududida asosan iliq va quruq ob-havo kuzatiladi, ayrim kunlarda ba’zi hududlarda yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 2-3 oktyabr kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi asosan 20-23 daraja iliq böladi.
Joriy yilning 4 noyabrida Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida va keçga tomon respublikaning qolgan hududlarida yomğir yoğadi. Şimoliy va şarqiy hududlarda yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
Joriy yilning 5 noyabrida respublikaning markaziy va şarqiy hududlarida faqat keçasi va ertalab ba’zi joylarda yomğir yoğişi saqlanib turadi. Joriy yilning 6 noyabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining şimoliy hududlarida yomğir yoğişi mumkin.
Uşbu kunlarda havo harorati keçalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 4-5 noyabrda 18-23 daraja iliq, 6 noyabrda 23-25 daraja iliq, janubiy hududlarda esa 27 daraja iliqqaça böladi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi
Özbekistonning toğli hududlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
Toşkentda yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda keçqurun va 5 noyabrda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati keçalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida böladi.
Live
Barchasi01 Noyabr